Oxirgi 24 soatda Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumlarda tinch aholidan 34 kishi jon berdi

Oxirgi 24 soat ichida Idlibdagi, “taranglikni kamaytirish hududi” chegarasidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 34 nafar tinch aholi jon berdi.

1239977
Oxirgi 24 soatda Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumlarda tinch aholidan 34 kishi jon berdi

Suriyada rejim kuchlari va Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan Idlibga qarshi uyushtirilgan havo hujumlarida, tinch aholidan 17 kishi jon berdi.

Harbiy bo’lmagan Mudofaa (oq kaskaliklar) guruhi yetakchisi Mustafa Xoj, tong saharlab Marrattinnuman tumanidagi bir bozorga qarshi uyushtirilgan havo hujumida ilk aniqlashlarga ko’ra 17 kishining jon berganligini qayd etdi. Jon berganlardan birining, harbiy bo’lmagan mudofaa guruhi a’zolaridan ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Yuqorida nomi tilga olingan tumanda, harbiy bo’lmagan mudofaa guruhining qidiruv va qutqaruv ishlari davom etar ekan, jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.

Oxirgi 24 soat ichida Idlibdagi, “taranglikni kamaytirish hududi” chegarasidagi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 34 nafar tinch aholi jon berdi.

Harbiy muholifatga oid manbaalar ham Marratinnuman tumanidagi hujumlarning, Rossiyaga oid urush uchoqlari tomonidan uyushtirilganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar