Saudiya Arabistoni Yangi Zelandiyada terror qurbonlari yaqinlarini haj ziyoratiga taklif qildi

Saudiya Arabistoni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikki masjidda sodir etilgan terrorchilik harakati qurbonlarining yaqinlari uchun bu yil haj ziyorati sovg’a qilinishini ma’lum qildi.

1237369

Bu haqda SPA xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, qirol Salmon bin Abdulaziz Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikki masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatida halok bo’lganlarning yaqinlari va yaradorlardan jami 200 kishini “Xadimul Xarameyn ash-Sharifeynning mehmonlari” sifatida haj amalini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga taklif qilish to’g’risida qaror qabul qildi.

Ushbu qaror Saudiya Arabistoni tomonidan terrorizmga qarshi kurashishni qo’llab-quvvatlash va terrordan jabrlangan oilalarga mehr-shafqat ko’rsatish maqsadida qabul qilinganligi qayd etildi.

Eslatma: Shu yilning 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi “Al-Nur” va “Linvud” masjidlarida terrorist Brenton Tarrant tomonidan ashaddiy terrorchilik harakati sodir etilgan edi.

Ushbu hujumda 51 kishi halok bo’lgan edi, 49 kishi yaralangan edi. Hujumda yaralanganlar orasida 3 nafar turk ham bor edi. Bulardan og’ir ahvolda bo’lgan Zekeriya Tuyan reanimatsiyada 48 kun yotgach, olamdan o’tgan edi.

Aloqador xabarlar