Tramp mudofaa vaziri lavozimiga Mark Esperning nomzodini ilgari surdi

AQShning sobiq mudofaa vaziri Jeyms Mattis yanvar oyida o’z vazifasidan iste’fo etgach, Patrik Shanahan taxminan 7 oydan buyon vazirlik lavozimini vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi.

1236511
Tramp mudofaa vaziri lavozimiga Mark Esperning nomzodini ilgari surdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri lavozimiga Mark Esperning nomzodini ilgari surdi.

Oq Uyning yozma bayonotiga ko’ra, Mark Esperning nomzodi senatga havola qilindi.

Esperning mudofaa vazirligiga nomzodi avvalo qo’mitada, so’ngra senat umumiy kengashida ovozga qo’yilishi zarur. Mark Esper yetarli ovozni olgan taqdirda, AQShning yangi mufodaa vaziri lavozimini egallaydi.

Eslatish joizki, AQShning sobiq mudofaa vaziri Jeyms Mattis yanvar oyida o’z vazifasidan iste’fo etgach, Patrik Shanahan taxminan 7 oydan buyon vazirlik lavozimini vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi.

Tramp shu yilning 18 iyun kuni Patrik Shanahanning mudofaa vaziri lavozimiga nomzodlikdan bosh tortgan edi, Shanahan esa, oilaviy sabablar tufayli bunday qaror olganligini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #Mark Esper , #mudofaa vaziri , #AQSh

Aloqador xabarlar