AQSh Tayvanga umumiy qiymati 2.2 mlrd dollarlik qurol sotishni ma'qulladi

Ma’lumotga ko’ra, Tayvan AQShdan 2.2 mlrd dollar evaziga 108 ta M1A2T Abrams tanklari va 250 ta Stinger zenit-raketa majmualarini sotib olishi nazarda tutilmoqda.

1232698
AQSh Tayvanga umumiy qiymati 2.2 mlrd dollarlik qurol sotishni ma'qulladi

 

AQSh Tayvanga umumiy qiymati 2.2 mlrd dollarlik qurol sotishni ma'qulladi.

Bu haqda Pentagonga qarashli mudofaa xavfsizligi bo’yicha hamkorlik agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Tayvan AQShdan 2.2 mlrd dollar evaziga 108 ta M1A2T Abrams tanklari va 250 ta Stinger zenit-raketa majmualarini sotib olishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, sotib olinadigan tanklarning maxsus qurilmalari, pulemyot qurollar, o’q-dori, Herkules zirhli jangovar vositalar, zirhlangan ta'mirlash-evakuatsiya mashinalari va bularga tegishli ehtiyotkor qismlar ham xarid qilinadi.

Ma’lumotga ko’ra, Tayvanga tanklarning sotilishi AQShning milliy, iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlariga to‘g‘ri keladi, biroq mintaqadagi harbiy muvozanatni o’zgartirmaydi.

Xitoy Tayvanni o’zining ajralmas bir parchasi deb hisoblaydi, shu sababli AQShning unga qurol sotishiga qat’iyan qarshi chiqadi. AQSh esa Tayvanni rasmiy ravishda tan olmagan, bunga qaramay unga qurol sotib kelmoqda.

Avvalroq, Tayvan hukumati kotibi Chang Tun-Han mavzuga doir yozma bayonotida, Tayvan AQShdan qurol xarid qilib olish jarayonini tezlashtirishini va AQSh bilan harbiy jihatdan yana-da yaqin aloqa o’rnatishini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlanishicha, AQSh ma'muriyati ushbu qaror haqida kongressni rasman xabardor qilgan. Qurol sotish bo’yicha muzokaralarni boshlash uchun kongress 30 kun ichida biron e’tiroz bildirmasligi zarur. 30 kunlik muddat tugagach, AQSh Tayvanga taklif kiritadi va qurol sotish muzokaralari boshlanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #qurol , #Xitoy , #Tayvan , #AQSh

Aloqador xabarlar