Vladimir Zelenskiy Putinni Minskda uchrashishga taklif qildi

Zelenskiy:“Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shuni aytmoqchiman. Gaplashib olishimiz kerakmi axir? Kerak. Qrim kimga tegishli ekanligini va Donbasda kimlar hukmron ekanligini gaplashib olaylık!”.

1232254
Vladimir Zelenskiy Putinni Minskda uchrashishga taklif qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Minskda uchrashishga taklif qildi.

Zelenskiy tvitterda Ukraina diplomatik formatlarni rad etmaganligini ma’lum qildi.

Putinni Qrim va Donbas masalasini muhokama qilishga taklif qilganligini ma’lum qilgan Zelenskiy: “Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shuni aytmoqchiman. Gaplashib olishimiz kerakmi axir? Kerak. Qrim kimga tegishli ekanligini va Donbasda kimlar hukmron ekanligini gaplashib olaylık!”,-dedi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvni AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron vositachiligida o‘tkazish taklif etilgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning taklifini inobatga olishlarini bildirib, “Uchrashuv formati qanday bo’lishini bilish kerak. Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvida natija muhim. Buni tushunish kerak”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar