Nigeriyada Boko Harom terror tashkiloti hujumida 10 askar halok bo’ldi

Nigeriyada 2000 yillarning boshidan buyon terrorchilik harakatlarini sodir etib kelayotgan Boko Harom terror tashkiloti bugungacha 20 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo’ldi.

1231795
Nigeriyada Boko Harom terror tashkiloti hujumida 10 askar halok bo’ldi

 

Nigeriya shimoli sharqida Boko Harom terror tashkiloti tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatida 10 askar halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mamlakat shimoli sharqidagi Borno shtatiga qarashli Damboa hududida Boko Harom terror tashkiloti harbiy zonaga hujum qildi.

Hujumda 10 askar halok bo’ldi, 14 askar yaralandi va ko’plab askar garovga olindi.

Eslatish joizki, Nigeriyada 2000 yillarning boshidan buyon terrorchilik harakatlarini sodir etib kelayotgan Boko Harom terror tashkiloti bugungacha 20 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo’ldi.

Ushbu terror tashkiloti 2015 yildan e’tiboran qo’shni davlatlar Kamerun va Chadga ham hujum qila boshladi.

Terror tashkilotining Chad ko’li havzasida sodir qilgan hujumlarida kamida 2000 kishi halok bo’lgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #terror tashkiloti , #Nigeriya , #Boko Harom

Aloqador xabarlar