Saudiya Arabistoni Xusiylarga oid bo’lgan dronni urib tushirdi

Ta’kidlanishicha, Xusiylar oxirgi paytlarda dron vositasida sodir etayotgan hujumlari bilan Saudiya Arabistoni uchun katta tahlika yarata boshladi.

1225172
Saudiya Arabistoni Xusiylarga oid bo’lgan dronni urib tushirdi

 

Saudiya Arabistoni Asir hududidagi Hamis Mushayt shahrida Xusiylarga oid bo’lgan dronni urib tushirdi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni xabar agentligi (SPA) ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Xusiylarga oid bo’lgan dron Asir hududidagi Hamis Mushayt shahriga qarashli chekka cho’l hududida urib tushirilgan.

Ta’kidlanishicha, Xusiylar oxirgi paytlarda dron vositasida sodir etayotgan hujumlari bilan Saudiya Arabistoni uchun katta tahlika yarata boshladi.

O’tgan hafta Jizan aeroporti Xusiylar tomonidan Yamandan uchirilgan dronlar vositasida portlatilgan edi.

Eslatish joizki, Xusiylar 2014 yil sentyabrdan buyon Yaman poytaxti Sana va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini qo’lga olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan buyon Xusiylarga qarshi kurashda Yaman hukumatini qo’llab-quvvatlab kelmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Xusiylar , #dron , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar