Hasan Ruhoniy:"Bir davlatning yetakchisini sanksiya ro’yxatiga kiritish axmoqlik..."

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Trampning oxirgi sanksiya qarorini tanqid qildi.

1224946
Hasan Ruhoniy:"Bir davlatning yetakchisini sanksiya ro’yxatiga kiritish axmoqlik..."

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti Donald Trampning oxirgi sanksiya qarorini tanqid qildi.

“Siz muzokara payida emassiz! Bir davlatning yetakchisini sanksiya ro’yxatiga kiritish kabi axmoqona bir ish qilish uchun inson aqlini yo’qotgan bo’lishi kerak. Bu esa dushmanning normal emasligini ko’rsatadi”,-deb aytgan Hasan Ruhoniy.

 Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javob Zarif Tramp davrida avvalgi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan Nyu-Yorkda uchrashganligini eslatgan Ruhoniy: “Ham muzokara deydilar, hamda ayni paytda tashqi ishlar vazirini sanksiya ro’yxatiga kiritadilar. Yolg’on gapirganligi oshkor. Siz muzokara payida emassiz! O’zingizni oyoq ostiga olyabsiz va ob’royingizni tushiryabsiz!”,-dedi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, harbiy jihatdan dronlarni aniqlash juda qiyin. AQSh dronini urib tushirgan tizim Eronga oid.

“Dronlarni Eron tizimlari vositasida aniqladik. Uni mahalliy raketalar bilan urib tushirdik. AQSh S-300 ga o’xshash mudofaa tizimi bilan emas, balki Eron mahsuloti bo’lgan tizim bilan drıonni urib tushirganimiz uchun darg’azab. Buni amalga oshirgan Eron inqilob gvardiyachilarini taqdirlayman. Biz sabrlimiz va AQShdan qo’rqadigan joyimiz yo’q. Chegaralarimizga tahdid solinganda o’zimizni mudofaa qilishga majburmiz”,-deb aytgan Eron prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #sanksiya , #AQSh , #Hasan Ruhoniy , #Eron

Aloqador xabarlar