Hindistonda jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 184 kishiga yetdi

Sog’liqni saqlash vaziri Harsh Vardxan jazirama issiqlik yana bir necha kun davom etishini bildirib, xalqni uylaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirgan.

1220496
Hindistonda jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 184 kishiga yetdi

 

Hindistonda iyun oyida jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 184 kishiga yetdi.

Mahalliy hukumat vakillari ma’lum qilishicha, mamlakat shimoli-sharqidagi Bixar shtatida joylashgan Aurangabad, Gaya va Navada tumanlarida issiqlik harorati 50 darajagacha ko’tarilgan. Buning oqibatida 184 kishi halok bo’lgan.

Kecha Aurangabad tumanining o’zida 34 kishi jazirama issiqdan halok bo’lgan, 200dan ortiq kishi shifoxonaga yotkizilgan.

Sog’liqni saqlash vaziri Harsh Vardxan jazirama issiqlik yana bir necha kun davom etishini bildirib, xalqni uylaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirgan.

Mamlakatning ayrim shtatlarida havo harorati asosan mart va iyul oylarida normal ko‘rsatkichdan yuqori darajaga ko’tarilib ketadi.

2010-2018 yillarda mamlakatning turli hududlarida havo haroratining keskin ko’tarilishi oqibatida kamida 6000 kishi halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #jazirama issiq

Aloqador xabarlar