Xitoyda sodir bo’lgan zilzilada 12 kishi halok bo’ldi

Xabarga ko’ra, mamlakat janubi g’arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida 6 bal zilzila sodir bo’lgan. Zilzilada 12 kishi halok bo’lgan. Yaradorlar soni 125 nafarni tashkil qiladi.

1220462
Xitoyda sodir bo’lgan zilzilada 12 kishi halok bo’ldi

 

Xitoyda sodir bo’lgan zilzilada 12 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Shinxua xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, mamlakat janubi g’arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida 6 bal zilzila sodir bo’lgan. Zilzilada 12 kishi halok bo’lgan. Yaradorlar soni 125 nafarni tashkil qiladi.

Qurbonlarning aksariyati qulab tushgan binolar tagida qolib, jon bergan.

Zilziladan zarar ko’rgan hududlarga shoshilinch yordam yetkazilgan.

Xitoy zilzila tadqiqotlari markazi ma’lum qilishicha, kecha Sichuan provinsiyasi Yibin shahriga qarashli Channin qishlog‘i yaqinida mahalliy vaqt bilan 22:55da yerning 16 km tagida 6 magnitudali yer osti silkinishi hodisasi ro‘y bergan.

AQSh geologik tadqiqotlar markazi esa, zilzilaning darajasi 5.9 balni tashkil qilganligini ma’lum qilgandi.

Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Sichuan provinsiyasi Xitoyning seysmologik faol hududlaridan hisoblanadi. 2008-yilning may oyida ushbu provinsiyada 8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #zilzila

Aloqador xabarlar