Yevropa Ittifoqida asalarichilik sohasini rivojlantirish uchun 120 mln evro mablag’ ajratiladi

Yevropa Ittifoqi komissiyasi asalarichilik sohasini rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar olinganligini ma’lum qildi.

1219900
Yevropa Ittifoqida asalarichilik sohasini rivojlantirish uchun 120 mln evro mablag’ ajratiladi

 

Yevropa Ittifoqi asalarichilik fermer xo‘jaliklarini qo’llab-quvvatlash uchun 120 mln evro mablag’ ajratadi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi asalarichilik sohasini rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar olinganligini ma’lum qildi.

Bunga ko’ra, kelgusi 3 yil mobaynida asalarichilik sohasiga jami 120 mln evro moddiy yordam o’tkaziladi.

Ushbu moliyaviy yordam asosida asalarichilik sohasida faoliyat ko’rsatganlar uchun malaka oshirish o’quv-dasturlarini tashkil qilish, kredit berish va tadqiqot olib borish kabi dasturlar uchun fond ajratiladi.

Asalarichilik sohasini qo’llab-quvvatlash dasturlari Yevroittifoqqa a’zo davlatlar tomonidan belgilanadi.

Ma’lumotga ko’ra, Yevropa Ittifoqi davlatlarida taxminan 600 ming asalarichilik fermer xo‘jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda.

 



Aloqador xabarlar