Ukraina, Rossiya tomonidan qrim tatarlarining nazorat ostiga olinishini keskin qoraladi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Qrimda tatarlarga qarshi takror bosim ko’rsatilishiga e’tiroz bildirildi.

1217444
Ukraina, Rossiya tomonidan qrim tatarlarining nazorat ostiga olinishini keskin qoraladi

Ukraina, Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan Qrimning turli mintaqalarida 8 nafar tatarning nazorat ostiga olinishini keskin qoraladi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Qrimda tatarlarga qarshi takror bosim ko’rsatilishiga e’tiroz bildirildi.

Bayonotda, “Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimda Simferopol (Oq Masjid), Belogorsk va Alushta mintaqasida kecha (tunov kuni) qrim tatarlarining nazorat ostiga olinishi va uylarga noqonuniy ravishda bosqin uyushtirilishini keskin ravishda qoralaymiz” degan ifodalarga o’rin beridli.

Ichidan to’qilgan terror tashkiloti tergovi ostida 8 nafar qrim tatarining nazorat ostiga olinganligi eslatib o’tilgan bayonotda, “Avvalgi voqealarda bo’lganidek bugun ham Rossiyaning ishg’olchi yetakchiligi mahalliy xalqqa qarshi terrorizmga qarshi kurash nomi ostida bosim o’tkazishni davom etmoqda” deyildi.

Shuningdek, Rossiyaning Qrimda inson huquqlarini paymol qilishni bas qilishi, yarim orolda nazorat ostiga olingan Ukraina fuqarolarining ozod etilishini talab qildi.

Rossiya xavfsizlik kuchlari Qrimda Simferopol (Oq Masjid), Belogorsk va Alushta shaharlarida tatarlarning uylariga qarshi amaliyot uyushtirib, uyushtirilgan bosqin va qidiruv natijasida 8 nafar qrim tatarini nazorat ostiga olgandi.

 

 



Aloqador xabarlar