Asad rejimining hujumlari oqibatida idliblik yana 8 kishi jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan kecha kechqurun yana quriqlikdan va havodan uyushtirildi.

1217208
Asad rejimining hujumlari oqibatida idliblik yana 8 kishi jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan kecha kechqurun Idlibdagi "taranglikni kamaytirish hududi"dagi tinch aholiga oid turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida tinch aholidan 8 kishi jon berdi.

Asad rejimiga oid urush uchoqlari Idlibning janubidagi Kefer ayn, Has va Tebbish qishloqlariga qarshi og’ir havo hujumi uyushtirdi.

Harbiy bo’lmagan mudofaa guruhidan olingan ma’lumotga ko’ra Idlibning janubidagi Hasda 2, Tebbishda 1 va Kefer qishlog’ida 5 jami 8 kishi jon bergan.

Qayd etilishicha Kefer ayn qishlog’iga qarshi uyushtirilgan hujum judayam og’ir va buning oqibatida jon berganlar soni ham ortishi mumkin.

Oxirgi 3 kunda Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiyaning Idlibdagi "taranglikni kamaytirish hududi"dagi tinch aholiga oid turar-joy punktlariga qarshi quriqlikdan va havodan uyushtirgan hujumlari oqibatida tinch aholidan 28 kishi jon berdi.

 

 



Aloqador xabarlar