Hasan Ruhoniy:"AQShni Eronga sanksiya joriy etgani uchun pushaymon qilamiz"

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalari o’z kuchini yo’qotganligini ma’lum qildi.

1217306
Hasan Ruhoniy:"AQShni Eronga sanksiya joriy etgani uchun pushaymon qilamiz"

 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalari o’z kuchini yo’qotganligini ma’lum qildi.

Ruhoniy poytaxt Tehronda vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng, AQSh sanksiyalariga doir fikr bildirdi.

“AQShning mamlakatimizga nisbatan tazyiqlari kuchaydi, biroq sanksiyalar kuchi amalda o’z tasirini yo’qotish arafasida. Sanksiya va tazyiqlar kuchini yo’qotdi. Yaqinda yana-da ahamiyatsiz holga keladi”,-deb aytgan Hasan Ruhoniy.

Prezidentning ta’kidlashicha, Eron AQShning sanksiyalariga qaramay, yaxshi vaziyatda. Biroq, bu barcha muammolar hal bo’ldi degani emas.

“AQShning mamlakatimizga nisbatan joriy etgan bunday sanksiyalari tarixda hech bo’lmagan. BMT orqali mamlakatimizga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar bilan AQShning bugungi embargolarini bir-biriga qiyoslab bo’lmaydi”,-dedi Eron prezidenti.

Ruhoniyning so’zlariga ko’ra, avvalgi kuni Tehronga tashrif buyurgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas ham AQSh Eronga nisbatan sanksiya qo’llash bilan katta xato qilganligini aytgan.

“Bizga yomonlik tilaganlarni adolat, haq va muzokaraga da’vat qilamiz. Ularni pushaymon qilamiz. Xato qilganligini tan olishga majbur qilamiz. Avvallari me’yoridan oshgan ifodalarini endilikda biroz yumshatdilar. Shubhasiz, kuni kelib noto’g’ri yo’ldan qaytadilar”,-deb aytgan Eron prezidenti hasan Ruhoniy.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hasan Ruhoniy , #AQSh , #sanksiya

Aloqador xabarlar