Everest tog’ini chiqindilardan tozalash jarayonida taxminan 11 tonna axlat to’plandi

Nepal hukumati Everest tog’ini chiqindilardan tozalash kampaniyasiga taxminan 23 mln Nepal rupisi (taxminan 207 ming dollar) mablag’ safrlagan.

1214199
Everest tog’ini chiqindilardan tozalash jarayonida taxminan 11 tonna axlat to’plandi

 

Nepal bilan Xitoy chegarasida joylashgan dunyoning eng baland cho‘qqisi Everest tog’ini chiqindilardan tozalash jarayonida taxminan 11 tonna axlat to’plandi.

Nepal hukumati tomonidan yo’lga qo’yilgan bu faoliyat 14 aprelda boshlandi.

Bu haqda Nepal turizm davlat qo’mitasi bosh rahbari Dandu Raj Ghimire ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Everestni zabt etuvchi alpinistlar uning etagida o‘z ortlaridan chodirlar, plastmassa idishlar, konserva qutilari, shishalar, bo’sh kislorod balonlari, qog‘oz, chang‘i tayoqlari, qurilma qoldiqlarini tashlab ketishmoqda. Bularni tozalash Nepal hukumatiga qimmatga tushmoqda.

Uning so’zlariga ko’ra, Everest tog’ida bir necha hafta mobaynida davom etgan chiqindilardan tozalash faoliyatlarida qor tagida qolib ketgan 4 ta alpinistning jasadi ham topilgan.

Qorlarning eriy boshlashi bilan yuzaga chiqqan bu jasadlar tog’ni chiqinlardan tozalash asnosida topilgan. Bu jasadlar vertolyot vositasida Katmanduga olib ketilgan.

Ma’lumotga ko’ra, Nepal hukumati Everest tog’ini chiqindilardan tozalash kampaniyasiga taxminan 23 mln Nepal rupisi (taxminan 207 ming dollar) mablag’ safrlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Everest tog'i , #chiqindi , #alpinist , #Nepal

Aloqador xabarlar