Lavrov: “Suriya va Venesuela masalalari muloqat yo’li orqali hal qilinishi kerak”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Kolumbiya Tashqi ishlar vaziri Carlos Holmes Trujillo poytaxt Moskvadagi uchrashuvlari ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1213234
Lavrov: “Suriya va Venesuela masalalari muloqat yo’li orqali hal qilinishi kerak”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya va Venesuela masalalarining muloqat yo’li orqali hal qilinishi kerakligini qayd etdi.

Lavrov bilan Kolumbiya Tashqi ishlar vaziri Carlos Holmes Trujillo poytaxt Moskvadagi uchrashuvlari ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

“Amerika Qo’shma Shtatlarining Venesuelaga bo’lgan do’q-po’pisalarini qanday baholashi” haqidagi savolga qarshi Lavrov,

“Bunday do’q-po’pisalar orqali muammo hal bo’lbaydi. Bu vaziyat xalqni bezovta qilib, muxolafatda o’rinsiz umid uyg’otmoqda” dedi.  

Lavrov shuningdek,

“Suriya va Venesuela masalalari muloqat yo’li orqali hal qilinishi kerak. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining 2254 sonli qaroriga ko’ra faqatgina suriyaliklar o’z kelajagini o’zi belgilab olishi mumkin. Bunga o’xshash yo’ndashuvning Venesuela uchun ham yo’lga qo’yilishiga ishonchim komil” deya gapirdi.

Kolumbiya Tashqi ishlar vaziri Carlos Holmes Trujillo esa yurtining Venesuelada o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan Parlament raisi Juan Guaidoning qonuniyligining tan olganligiga e’tibor qaratgan holda,

“Kolumbiya uchun qonuniy bo’lgan hukumat bilan har doim aloqadamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar