Azezdagi terakt, 14 kishining umriga zomin bo’ldi

Suriya bilan Turkiya chegarasida o’rin olgan, harbiy muxolafat guruh nazoratidagi Azez tumani markazida bomba yuklangan mashina orqali terakt uyushtirildi.

1212958
Azezdagi terakt, 14 kishining umriga zomin bo’ldi

Suriyaning shimolida joylashgan Halab viloyatining Azez tumanida terror tashkilotining bombali hujumi oqibatida tinch aholidan 14 kishi jon berdi.

Suriya bilan Turkiya chegarasida o’rin olgan, harbiy muxolafat guruh nazoratidagi Azez tumani markazida bomba yuklangan mashina orqali terakt uyushtirildi.

Mashinadagi bombaning portlatilishi oqibatida birinchi aniqlashlarga ko’ra tinch aholidan 14 kishi jon berdi.

Voqea yuz bergan nuqtaga yuborilgan xavfsizlik kuchlari atrofda xavfni bartaraf etish uchun choralar ko’rar ekan, tan jarohati olganlar mintaqadagi kasalxonalarga yotqizildi.  

Ahvoli og’ir bo’lgan yaradorlardan ba’zilari Turkiyaga olib kelindi.

Mazkur hujumni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olmas ekan xavfsizlik kuchlari, “PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo’lishi mumkin” degan fikrda.

 



Aloqador xabarlar