Peskov: “Rossiya bilan Turkiya Idlib muammosini hal qilish masalasida hamfikr”.

Peskov, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan kecha o’tkazgan muloqatini baholadi.

1212216
Peskov: “Rossiya bilan Turkiya Idlib muammosini hal qilish masalasida hamfikr”.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya bilan Turkiyaning Idlib muammosini hal qilish masalasida hamfikr ekanligini qayd etdi.

Peskov, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan kecha o’tkazgan muloqatini baholadi.

Ikkala mamlakatning Idlib muammosini hal qilish masalasida hamfikr ekanligini qayd etgan Peskov,

“Bu mintaqada o’q uzilishiga monelik qilishimiz, Hmeymin va Idlib doxil rus askarlari bor har bir nuqtaga qarshi uyushtirilgan hujumlarni to’xtatishimiz kerak” dedi.

Turkiyaning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimi olishi masalasini ham baholagan Peskov,

“Bu shartnoma butunlay qabul qilindi va yo’lga qo’yilish arafasidadir. Turkiya, mazkur shartnomaga qanchalik bog’liq ekanligini bir necha marotaba ta’kidladi” deya gapirdi.

Aytib o’tish joizki, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha kechki payt Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qilar ekan unda, Idlibda tezlik bilan o’q uzishning to’xtatilishi va ortidan muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish jarayoniga e’tibor berilishi kerakligini qayd etgan edi.

 



Aloqador xabarlar