Avstriyada kansler Sebastyan Kurs boshchiligidagi hukumat tarqatildi

Avstriya bosh vaziri va Avstriya Xalq partiyasi bosh rahbari Sebastyan Kurs shaxsiga va hukumatiga nisbatan qarshi ovoz berganlarga e’tiroz bildirib, “Ohirgi qarorni xalq beradi”,-dedi.

1209346
Avstriyada kansler Sebastyan Kurs boshchiligidagi hukumat tarqatildi

 

 

Avstriya parlamenti quyi palatasi tomonidan ishonchsizlik votumi e'lon qilingan kansler Sebastyan Kurs boshchiligidagi hukumat tarqatildi.

Parlament yig’inida kansler Sebastyan Kurs va muvaqqat hukumatga ishonch ovozi berish bo’yicha ovozga qo’yishda muxolifat hukumatning tarqatilishi uchun ovoz berdi.

Avstriya bosh vaziri va Avstriya Xalq partiyasi bosh rahbari Sebastyan Kurs shaxsiga va hukumatiga nisbatan qarshi ovoz berganlarga e’tiroz bildirib, “Ohirgi qarorni xalq beradi”,-dedi.

Kurs koalitsiya hamkori Avstriya ozodlik partiyasining sobiq rahbari vitse-kansler Hayns-Kristian Shtraxening rossiyalik ayol bilan til biriktirganligi haqidagi video tarqalishi nafaqat koalitsiyaga, balki hukumatga ham zarar berganligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen ham muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni ma'qulladi. U sentabr oyida mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Ungacha moliya vaziri Hartvig Loger vaqtinchalik bosh vazirlik vazifasini bajaradi. Qolgan vazirlar hukumat tuzilguniga qadar o’z vazifasini davom ettiradi.

Natijada, mamlakat tarixida ilk marta bir bosh vazir ishonchsizlik votumi bilan vazifadan chetlatildi.

Eslatish joizki, o’tgan hafta Avstriya ozodlik partiyasi rahbari, vitse-kansler Xayns-Kristian Shtraxening 2017 yili Ispaniyaning Ibiza orolida bir rus ayol bilan xufyona uchrashganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Bu videoda vitse-kansler Shtraxe rus ayoldan saylov kampaniyasi davomida unga yordam berishini taklif qilgan va buning evaziga ayolga ba’zi davlat buyurtmalarini olib berishni, qandaydir hukumat shartnomalarini qo‘lga kiritishda yordam berishini aytgan edi.

Bu videoning tarqalishi bilan vitse-kansler Shtraxe o’z vazifasidan iste’fo etishga majbur bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Avstriya , #Sebastyan Kurs , #hukumat

Aloqador xabarlar