Meksikada harbiy vertolyot halokatga uchradi

Queretaro shtatida ro’y bergan halokatda vertolyot bortida bo’lgan 6 kishi halok bo’lgan.

1208250
Meksikada harbiy vertolyot halokatga uchradi

 

Meksikada harbiy vertolyot halokatga uchradi.

Halokatda vertolyot bortida bo’lgan 6 kishi halok bo’lgan.

Tegishli vakillar ma’lum qilishicha, bu voqea Queretaro shtatida ro’y bergan. Harbiy vertolyot katta tezlik bilan Jalpan de la Sierra hududi yaqinlaridagi o’rmonzorga qulab tushgach, portlab ketgan. Vertolyot bortida 6 kishi bo’lgan. Bulardan 5 nafari harbiy xodim bo’lgan.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu vertolyot o’rmon yong’inini o’chirish faoliyatlarida ishtirok etayotgan edi.

Fojia sabablari tekshirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #vertolyot halokati

Aloqador xabarlar