Meksikada uyushgan jinoyatchi to’dalar o’rtasida qurolli to’qnashuv ro’y berdi

To’qnashuvlarda kamida 9 kishi halok bo’ldi, 4 kishi yaralandi.

1206797
Meksikada uyushgan jinoyatchi to’dalar o’rtasida qurolli to’qnashuv ro’y berdi

 

Meksika g’arbida uyushgan jinoyatchi to’dalar o’rtasida qurolli to’qnashuv ro’y berdi.

To’qnashuvlarda kamida 9 kishi halok bo’ldi.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Michoacan shtatiga qarashli Uruapan shahrida ikki uyushgan jinoyatchi to’da o’rtasida otishma chiqdi. Otishmalarda kamida 9 kishi halok bo’ldi, 4 kishi yaralandi.

Uyushgan jinoyatchi to’dalararo to’qnashuv hududda hukmronlik talashuvi natijasida kelib chiqqan.

Mamlakatda o’tgan yilning dastlabki 6 oyida 15973 ta jinoyat sodir etilgan. Bu nisbat avvalgi yilning ayni davriga nisbatan taxminan 16 foiz ortish demakdir.

Joriy yilning dastlabki choragida sodir etilgan jinoyatlar esa, o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 9.7 foiz oshganligi qayd etilgan.

Eslatma: Meksikada 2018 yil 1 dekabrda prezidentlik lavozimiga kirishgan davlat rahbari Andres Manuel Lopez Obrador poytaxt Mexikoda so’zlagan nutqida Qurolli kuchlarni qayta shakllantirish mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash jihatidan o’ta muhim ekanligini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar