AQShda, “Arakanlik musulmonlar qatliom qilindi” deb nomlangan panel uyushtirdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Nyu-York shahridagi Columbia universitetida “Arakanlik musulmonlar qatliom qilindi” deb nomlangan panel uyushtirdi.

1206166
AQShda, “Arakanlik musulmonlar qatliom qilindi” deb nomlangan panel uyushtirdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Columbia universitetida “Arakanlik musulmonlar qatliom qilindi” deb nomlangan panel uyushtirildi.

Hamma uchun birday ravishda adolatning yo’lga qo’yilishi kerakligi maqsadida yo’lga chiqqan Nyu-Yorkdagi, “Budist harakati koalitsiyasi” deb nomlangan nodavlat, notijorat tashkiloti tomonidan arakanlik musulmonlarga qarshi uyushtirilgan zulmning sabablarini qo’lga olgan panel bo’lib o’tdi.

Mazkur panelda tadqiqotchi va yozuvchi Azeem Ibrohim, Free Rohingya Coaliation Nyu-York rahbari Khin Mai Aung, Burma Task Force New York va Birlashgan Millatlar Tashkiloti dasturi direktori Adem Carrol, yozuvchi Ashley Aye Aye Dun ishtirok etdi.

Azeem Ibrohim o’z nutqida, arakanlik musulmonlarning Myanmada uzoq vaqtdan beri og’ir sharoitlarda bosim va zulmga maruz qolganligini ta’kidladi.

Ibrohim shuningdek, arakanlik musulmonlarning 2017-yildagi voqealardan oldin yashagan qishloqlarning oldingi va keyingi holini ko’rsatdi.

Free Rohingya Coaliation Nyu York rahbari Khin Mai Aung ham so’zlagan nutqida,

“Mynmaada etnik va diniy yakkalashlar qo’shin tomonidan bila turib, siyosiy maqsadda foydalanildi” dedi.  

Burma Task Force New York va Birlashgan Millatlar Tashkiloti dasturi direktori Adem Carrol esa Myanmadagi nafratning yoyilishi uchun Facebook va Twitter kabi texnologik tarmoqlar orqali ham foydalanilganligiga e’tibor qaratdi.

Yozuvchi Ashley Aye Aye Dun ham Myanmada uzoq vaqtdan beri islomofobiya va chet elliklarga bo’lgan dushmanlik tuyg’ularining borligini qayd etdi.

Arakanda 2012-yili budistlar bilan musulmonlar o’rtasida yuz bergan to’qnashuvlar oqibatida, voqealarda ko’pchiligi musulmon bo’lgan minglab kishi qatl qilinib, yuzlab uy-joy va ishxonaga ot qo’yilgandi. 

Arakandagi chegarada joylashgan politsiya bo’linmalariga qarshi 2017-yilning 25-avgusti kuni uyushtirilgan hujumlarni sabab ko’rsatgan Myanma armiyasi bilan Budist milliyatchilar ommaviy ravishda shiddat voqealari boshlatgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra 2017-yilning 25-avgustidan keyin Arakandagi nizo va zulmdan qochib Bangladeshda jon saqlaganlar soni 745 ming nafarga yetdi. Xalqaro Inson huquqi tashkilotlari tomonidan berilgan sun’iy yo’ldosh tasvirlari yordamida, yuzlab qishloqning yo’q qilinganligi aniqlandi.

 



Aloqador xabarlar