Saudiya, Eron bilan urushish niyatida emas lekin har qanday tahdidga qarshi javob berishga tayyor

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr, poytaxt Riyodda uyushtirgan matbuot anjumanida, “Eron rejimi mintaqada xavfsizlik va barqarorlik uchun emas inqilob qilish rejasi ustidan ish olib bormoqda” dedi.

1204176
Saudiya, Eron bilan urushish niyatida emas lekin har qanday tahdidga qarshi javob berishga tayyor

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr, yurtining Eron bilan urushish niyatida emasligini lekin har qanday tahdidga qarshi kuchli va qarorli javob berishga tayyorligini qayd etdi.

Jubayr poytaxt Riyodda uyushtirgan matbuot anjumanida, “Eron rejimi mintaqada xavfsizlik va barqarorlik uchun emas inqilob qilish rejasi ustidan ish olib bormoqda” dedi.

Eronlik rasmiylarni, “buzg’unchi siyosat yuritmaslik, qo’shnichilik qoidalariga amal qilishlik va mintaqa ishlariga aralashmaslikka” chaqirgan Jubayir o’z so’zini quyidagicha davom ettirdi:

“Saudiya Arabistoni mintaqada urish bo’lishini xohlamaydi va buning uchun mexnat qilmoqda. Bu urushning oldini olish uchun qo’lidan kelganicha mexnat qilib, tinchlik uchun qo’l uzatadi. Lekin ikkinchi tomon urush yo’lini tanlagudek bo’lsa unda Saudiya Arabistoni butun kuchi va qarorliligi bilan unga qarshi javob beradi. Bu orqali o’zi va manfaatlarini himoya qiladi”.

Jubayr xalqaro hamjamiyatni, “Eron rejimini to’xtatish, halokat va xaosning butun dunyoga yoyilishini oldini olish” ma’suliyatini zimmasiga olishga chaqirdi.  

Undan tashqari Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Eron inqilob qo'riqchilari armiyasi bosh qo'mondoni general Huseyin Selamiy, urush chiqishini poylamaganliklarini lekin har ehtimolga qarshi chiqish ehtimoli bo’lgan urushga qarshi butunlay tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Odil al-Jubayr , #Eron , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar