Eronda qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish holatlari ko'paymoqda

Qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan 20 kishi shifoxonada davolanmoqda.

1204570
Eronda qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish holatlari ko'paymoqda

 

Eronning Isfaxon viloyatida 5 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanib hayotdan ko’z yumdi.

Isfaxon Tibbiyot Universiteti Rektori Toxira Chingiz ma’lum qilishicha, halok bo’lganlardan ikki nafari ayol kishi. Qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlangan 20 kishi shifoxonada davolanmoqda.

Shu yilning mart oyida mamlakatning G’arbiy Ozarbayjon viloyatida 5 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanib hayotdan ko’z yumgan edi.

Sentyabr-oktyabr oylarida esa 9 viloyatda jami 974 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanganligi aniqlangan. Bulardan 85 nafari hayotdan ko’z yumgan.

Ta’kidlash joizki, Eronda musulmonlarning spirtli ichimlik iste’mol qilishi va uni sotishi qat’iyan man qilingan. Bunga qaramay, spirtli ichimliklar noqonuniy yo’llar bilan mamlakatga olib kelinadi. Xatto, ba’zi maxfiy joylarda qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqariladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar