Belgiyada bomba borligi haqida olingan ma’lumot ortidan 3 ta savdo markazi boshatildi

Belgiyada, ismi yozilmagan bir elektronik pochta orqali savdo markazlarida bomba borligi haqida ma’lumot tarqatildi.

1199320
Belgiyada bomba borligi haqida olingan ma’lumot ortidan 3 ta savdo markazi boshatildi

Belgiya poytaxti Bryusselda bomba borligi haqida olingan ma’lumot ortidan 3 ta savdo markazi boshatildi.

Bryusseldagi xavfsizlik xodimlari yetakchisi Olivier Slosse tomonidan matbuotga berilgan bayonotga ko’ra ismi yozilmagan bir elektronik pochta orqali savdo markazlarida bomba borligi haqida ma’lumot tarqatilgan. Shu asosda xavfning oldini olish maqsadida Woluwe, Docks va Anderlecht savdo markazlari boshatilgan.

Savdo markazlari atrofida xavfning oldini olish uchun politsiya xodimlari yig’ilar ekan, portlaguvchi moddani aniqlay oladigan itlar orqali yuqorida nomi tilga olingan 3 ta binoda qidiruv ishlari olib borilmoqda.



Aloqador xabarlar