Afg'onistonda "Tolibon" harakati jangarilari 14 nafar tinch aholi vakilini qatl etdi

Xirot xavfsizlik boshqarmasi rahbari general Omanulloh Amarhil ma'lum qilishicha, ba'zi fuqarolarning uylari o'qqa tutilgan.

1196887
Afg'onistonda "Tolibon" harakati jangarilari 14 nafar tinch aholi vakilini qatl etdi

 

"Tolibon" harakati jangarilari Afg'onistonning Xirot viloyati Forsiy tumanida 14 nafar tinch aholi vakilini qatl etdi.

Bu haqda Xirot xavfsizlik boshqarmasi rahbari general Omanulloh Amarhil ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, jangarilar Forsiy tumaniga qarashli Berpol qishlog'ida hukumat kuchlarini qo'llab quvvatlaganligi tufayli 14 nafar tinch aholi vakilini o'ldirgan.

Ba'zi fuqarolarning uylari o'qqa tutilgan.

Bu voqea haqida "Tolibon" harakati biron izoh bildirmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #Xirot

Aloqador xabarlar