Sochi kelishuviga qaramay Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda kecha yana 7 kishi jon berdi

Sochi kelishuviga qaramay Idlibga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida kecha tinch aholidan 7 kishi jon berdi.

1194872
Sochi kelishuviga qaramay Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumda kecha yana 7 kishi jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi kuchlari bilan ularni qo’llab-quvvatlagan guruhlar tomonidan Idlibdagi, “taranglikni kamaytirish” chegarasi ichida o’rin olgan tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi havodan va quriqlikdan hujum uyushtirishni davom etar ekan oqshom soatlaridagi hujumi oqibatida 7 kishi jon berdi.

Mahalliy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Idlibning janubiy-sharqidagi Kefrenbil tumaniga qarashli Keferruma, Ihsem va Kansafra shaharchasiga, Termela, Bsekla, Has, Marrithirma, Iblin, Nukeyyir, Beyder Shemso, Krisaa, Urenibe, Kefer Sijne va Ibtida qishloqlari yaqiniga, Hamaning shimolidagi Kifrenbuda tumaniga, g’arbidagi al-Huvayz, Jub Suleyman, al-Suhriyye va Kuleydin qishlog’iga, Madik qal’asi shaharchasiga havodan va quriqlikdan hujumlar uyushtirildi.

Harbiy bo’lmagan (oq kaskaliklar) guruh manbaasidan olingan ma’lumotga ko’ra kecha oqshom vaqtida uyushtirilgan hujumlar oqibatida Idlibning janubiy-sharqidagi Ihsem shaharchasida 5 nafar tinch aholi, Hamaning shimol va g’arbidagi Madik qal’asi shaharchasida 1 kishi, al-Suhriyya qishlog’ida 1 kishi jami 7 kishi jon bergan.

Suriya Inson huquqlari vaziyatni kuzatish guruhining aprel oyidagi hisobotiga ko’ra Asad rejimi 127, Rossiya esa havo hujumlari orqali 13 nafar tinch aholining umriga zomin bo’lgandi.

Rejim kuchlari Turkiya va Rossiya o’rtasida Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish haqidagi kelishuvning kuchini yana-da orttirish uchun 2018-yilning 17-sentabri kuni qo’l qo’yilgan Sochi kelishuviga qaramay vaqti-vaqti bilan hujumlarini davom ettirmoqda.

Rossiya rejim kuchlari hujumining oldini olishdan javobgar chunki Rossiya Ostona kelishuvi asosiga ko’ra Asad rejimining kafil mamlakati hisoblanadi.

Harbiy muxolafat guruh esa 2018-yilning 17-sentabri kuni qo’l qo’yilgan Sochi kelishuvi nazarda tutgan hududni og’ir qurollardan 2018-yilning 10-oktabrida xalos qilgan.

 



Aloqador xabarlar