Kobulda “Tolibon” bilan to’g’ridan-to’g’ri tinchlik muzokaralari boshlandi

Muzokaralarda mamlakat miqyosida 3000 kishi ishtirok etmoqda.

1192109
Kobulda “Tolibon” bilan to’g’ridan-to’g’ri tinchlik muzokaralari boshlandi

 

Afg’oniston poytaxti Kobulda “Tolibon” bilan to’g’ridan-to’g’ri tinchlik muzokaralari boshlandi.

Muzokaralarda mamlakat miqyosida 3000 kishi ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar oldida ma’ruza qilgan mamlakat prezidenti Ashraf G’ani “Tolibon” harakati bilan tinchlik va barqarorlik o’rnatish xususida xalqning fikrini olish maqsadida ushbu yig’ilishni tashkil qilganligini ma’lum qildi.

“Biz boshqa davlatlarning asoratidan qutulishi uchun “Tolibon” harakatiga yordam berishga tayyormiz”,-deb aytgan Ashraf G’ani.

Afg’oniston prezidenti mamlakatda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik o’rnatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish tarafdori ekanligini, bu shaklda Afg’onistonga investitsiya kiritilishini va mamlakatni bugungi vaziyatdan qutqarish istagini tilga oldi.

Ma’lumotga ko’ra, Afg’onistondagi siyosiy yetakchilarning ko’pchiligi taklif qilinishiga qaramay, muzokaralarda ishtirok etishmadi.

Hazara xalqi yetakchisi Muhammad Muhakkik muzokaralar prezident Ashraf G’ani tomonidan saylovoldi tashviqotiga aylantirilganligi uchun qatnashmaganligini ma’lum qildi.

Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay bunday muzokara xalqqa foyda keltirmasligini, avvalo “Tolibon” bilan tinchlik uchrashuvlarini o’tkazish kerakligini bildirdi.

Kobulda ushbu muzokara o’tkazilayotgan “Loya Jirga” qarorgohiga tomon ketgan barcha yo’llar to’sildi. Shaharda xavfsizlik nazorati kuchaytirildi.

Afg’oniston ichki ishlar vazirligi ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Kobulga yuk transportlarining kirishini taqiqladi.

Afg’oniston hukumati ma’lum qilishicha, 3 kun davom etadigan muzokaralar tufayli poytaxt Kobuldagi barcha rasmiy idoralarga 3 kunlik dam olish kuni e’lon qildi.

 



Aloqador xabarlar