Sudanda Misr konsulligi oldida namoyish o'tkazildi

Hartumdagi Misr konsulligi binosi oldida to’plangan namoyishchilar Misr prezidentini mamlakatning ichki ishlariga aralashganlikda ayblamoqda.

1191198
Sudanda Misr konsulligi oldida namoyish o'tkazildi

 

Sudan poytaxti Hartumda minglab namoyishchi Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy hukumatini qoraladi.

Hartumdagi Misr konsulligi binosi oldida to’plangan namoyishchilar Misr prezidentini mamlakatning ichki ishlariga aralashganlikda ayblamoqda.

Sudan xalqi payshanba kuni ham Hartumdagi Misr elchixonasi oldida namoyish o’tkazgandi.

22 kundan beri davom etib kelayotgan qo’shin qarorgohi oldidagi namoyishlarda esa, vaqti-vaqti bilan Saudiya Arabistoni, BAA va Misr hukumatlari qoralanmoqda.

Aholi ushbu mamlakatlarning Sudanga ko’rsatayotgan yordamlarini qabul qilishni xohlamayotir.

Eslatish joizki, Sudanda 19 dekabrda iqtisodiy inqiroz tufayli boshlangan namoyishlar tez orada mamlakat bo’ylab rejimga qarshi namoyishlarga aylandi.

Sudanda uzoq davom etgan noroziliklardan keyin mamlakatni 30 yildan buyon boshqarib kelayotgan prezident Umar al-Bashir harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatildi, mamlakatni boshqarishni armiya o‘z zimmasiga oldi.

Biroq, Sudanda xalq noroziliklari tugamadi. Namoyishchilar fuqarolik boshqaruv organi shakllantirilishini va unga barcha hokimiyat vakolatlari berilishini talab qilishmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Sudan , #namoyish , #Hartum

Aloqador xabarlar