Rossiya va Shimoliy Koreya liderining tarixiy uchrashuvi, Vladivostokda bo’lib o’tdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Shimoliy Koreya lideri Kim Jong-un bilan Rossiyaning Vladivostok shahrida uchrashdi. Mazkur uchrashuv, ikkala lider o’rtasidagi “birinchi uchrashuv” degan xususiyatga ega.

1189516
Rossiya va Shimoliy Koreya liderining tarixiy uchrashuvi, Vladivostokda bo’lib o’tdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Shimoliy Koreya lideri Kim Jong-un bilan uchrashuv o’tkazdi.

Rossiyaning Vladivostok shahrida o’rin olgan Uzoq Sharq Federal Universitetidagi uchrashuv oldidan nutq so’zlagan Vladimir Putin, Shimoliy Koreya lideri Kim Jong-unning Rossiyaga bo’lgan tashrifining ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shishini belgilab o’tdi.

Putin bu haqida,

“Bu tashrifning Koreya yarim orolidagi muammoni qanday hal qila olishimiz, birgalikda nimalar qilisga qodirligimiz, Rossiyaning mavjud jarayonni qo’llab-quvvatlash uchun qanday munosabatda bo’lishi kerakligini yana-da yaxshiroq tushunib yetishiga yordam berishiga ishonchim komil” degan ifodalarga o’rin berdi.

Moskvaning Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi munosabatni yaxshilash say-harakatlaridan xursand ekanligini qayd etgan Putin,

“Albatta Shimoliy Koreya bilan Janubiy Koreya o’rtasidagi muloqat va Shimoliy Koreya-AQSh munosabatlarini yaxshilash say-harakatlarini xursandchilik bilan qarshi olmoqdamiz” dedi.  

Shimoliy Koreya lideri Kim esa, Putin bilan bo’lgan uchrashuvining Koreya yarimorolidagi muammoning hal qilinishi va o’zaro munosabatlarning rivojlanishiga hissa qo’shishini belgilab o’tdi.

Kim,

“Koreya yarimorolidagi vaziyat butun dunyoni qiziqtirmoqda. Uchrashuvlarimiz mavjud vaziyatni birgalikda baholash va fikr almashish uchun katta imkon beradi degan umiddaman” deya gapirdi.

Vladivostok shahridagi Putin bilan Kim o’rtasidagi mazkur uchrashuv, ikkala lider o’rtasidagi “birinchi uchrashuv” degan xususiyatga ega.



Aloqador xabarlar