Liviya poytaxti Tripoli va atrofidagi to’qnashuvlar yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Liviyaning poytaxti Tripoli va atrofidagi to’qnashuvlar yuzasidan jon berganlar va tan jarohati olganlarning soni ortdi.

1187066
Liviya poytaxti Tripoli va atrofidagi to’qnashuvlar yuzasidan jon berganlar soni ortdi

Liviyaning poytaxti Tripoli va atrofidagi to’qnashuvlar yuzasidan jon berganlar soni 220 nafarga chiqdi. Tan jarohati olganlarning esa 1066 nafar ekanligi aniqlandi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Liviya missiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotiga ko’ra, general Halife Hafter tomonidan 4-aprel kuni poytaxt Tripoliga qarshi hujum qilish haqida bergan buyrug’i oqibatida avj olgan to’qnashuvlarda bugungacha 220 kishi jon bergan. Jon berganlardan tashqari 1066 kishi tan jarohati olgan. Jon berganlar orasida ayollar va yosh bolalarning ham borligi aniqlangan.

Tashkilot tomonidan kecha berilgan bayonotda, Tripolidagi to’qnashuvlarda 213 kishining jon berganligi, mingdan ortiq kishining esa tan jarohati olganligi qayd etilgandi.

To’qnashuvlar tufayli 18 mingdan ortiq kishi ham o’z uy-joyidan mahrum bo’lgan.

Liviyaning sharqidagi harbiy kuchlar lideri general General Hafter, poytaxt Tripolini qo’lga kiritish uchun 4-aprel kuni hujum qilishni buyurgan. Buning ortidan, Milliy kelishuv hukumati kuchlari ham amaliyot boshlatgandi.



Aloqador xabarlar