Kobuldagi Aloqa va telekommunikatsiya vazirligiga qarshi hujum uyushtirildi

Kobuldagi Aloqa va telekommunikatsiya vazirligiga qarshi bombali va qurolli hujum uyushtirildi.

1187114
Kobuldagi Aloqa va telekommunikatsiya vazirligiga qarshi hujum uyushtirildi

Afg'oniston poytaxti Kobuldagi Aloqa va telekommunikatsiya vazirligiga qarshi bombali va qurolli hujum uyushtirildi.

Kobul Milliy Xavfsizlik kengashining Matbuot xizmati kotibi Basir Mujahid tomonidan “Anadolu” axborot agentligiga berilgan bayonotiga ko'ra, Kobul markazidagi vazirlik binosi oldida yuz bergan portlash ortidan hujumchilar, binoning ichiga kirib xavfsizlik kuchlari bilan to’qnasha boshlagan.  

Mujahid, hujumchilar bilan to’qnashuvning davom etganligini o’z so’ziga ilova etgan.

Guvohlarning qayd etishicha hujumchilar binoning ikkinchi qavatiga chiqib keldi-ketdi o’q uza boshlagan.

Vazirlik binosi Afg’oniston Prezidenti, Tashqi ishlar vazirligi va elchixonalarning yaqinida o’rin olgan.

Hujumni, hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.

 



Aloqador xabarlar