YP, internetda, terror mazmunidagi ma’lumotlarning o’chirilishi haqidagi qarorni imzoladi

Yevropa parlamenti Google, Facebook va Twitter kabi turli internet platformalarida o’rin olgan terror mazmunidagi ma’lumotlarning o’chirilishini o’z ichiga olgan qarorni imzoladi.

1185780
YP, internetda, terror mazmunidagi ma’lumotlarning o’chirilishi haqidagi qarorni imzoladi

Yevropa parlamenti Google, Facebook va Twitter kabi turli internet platformalarida o’rin olgan terror mazmunidagi ma’lumotlarning 1 soat ichida o’chirilishini o’z ichiga olgan qarorni imzoladi.  

Fransiyaning Strasbourg shahrida yig’ilgan YP Bosh Assambleyasi, turli internet platformalarida o’rin olgan terror mazmunidagi ma’lumotlarning tezlik bilan o’chirilishini ta’minlaguvchi yangi qoidalarni 204 ovozga qarshi, 308 ovoz bilan qabul qildi.

Mazkur qoidaga ko’ra ijtimoiy tarmoqlar, YP tarkibidagi davlatlarning rasmiy maqomlari tomonidan qilingan murojaatga binoan terror mazmunidagi ma’lumotlarni 1 soat ichida o’chirishga majbur.

Bunga amal qilmagan platformalar jarimaga tortiladi.  

Qarorning kuchga kirishi uchun YP Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim.



Aloqador xabarlar