Shimoliy Koreya yangi taktik boshqariluvchi qurolni sinovdan o‘tkazdi

Mazkur sinov shaxsan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning kuzatuvida amalga oshirilgan.

1185731
Shimoliy Koreya yangi taktik boshqariluvchi qurolni sinovdan o‘tkazdi

 

 

Shimoliy Koreya yangi taktik boshqariluvchi qurolni sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi. 

Xabarga ko’ra, mazkur sinov shaxsan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning kuzatuvida amalga oshirilgan.

Kim Chen In qurollanish tizimlarini ishlab chiqishni yakunlash qurolli kuchlarning harbiy qudratini oshirishda muhim ahamiyatga ega voqea hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan. 

Qolaversa, taktik boshqariluvchi qurolni sinovdan o’tkazishda milliy mudofaa sohasidagi mutahassis olimlarning katta mehnati borligini ta’kidlab o’tdi.

Mutahassislarning aytishicha, yangi qurol o‘zgacha parvoz usuliga ega bo’lib,  kuchli jangovar sistema bilan jihozlangan.

Eslatish joizki, Shimoliy Koreya noyabr oyida ham uzun masofali yangi qurolni sinovdan o’tkazgan edi.



Aloqador xabarlar