Malayziya shimolida 2-Jahon urushidan qolgan bomba yo'q qilindi

Malayziya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Gaya orolida joylashgan Lobong qishlog’ida yashovchi aholi janozani dafn etish uchun mozor kavlayotgan paytda bombaga duch kelishgan.

1183453
Malayziya shimolida 2-Jahon urushidan qolgan bomba yo'q qilindi

 

Malayziya shimolida joylashgan Gaya orolida 2-Jahon urushidan qolgan bomba topildi.

Malayziya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Gaya orolida joylashgan Lobong qishlog’ida yashovchi aholi janozani dafn etish uchun mozor kavlayotgan paytda bombaga duch kelishgan.

Bomba 2-Jahon urushida portlamasdan qolib ketganligi aniqlangan.

Darhol kerakli xavfsizlik boshqarmalariga xabar berilgan. Voqea joyiga bombani yo’q qilish bo’yicha mutahassislar yetib kelishgan va tekshiruv o’tkazilgan.

Ma’lumotga ko’ra, 33 sm uzunlikdagi bomba 2-Jahon urushidan qolgan bo’lib, u mutahassislarning g’ayrati bilan qattiq chora-tadbirlar olingan holda portlatilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Malayziya , #bomba , #2-Jahon urushi

Aloqador xabarlar