Afg’onistonning Xo’st viloyatida qurolli hujum sodir etildi

Xo’st hokimligi vakili Tolib Mangal ma’lum qilishicha, qurollangan shaxs Xo’st viloyati Tanay tumanida bo’layotgan to’y marosimiga bostirib kirgan.

1183424
Afg’onistonning Xo’st viloyatida qurolli hujum sodir etildi

 

Afg’onistonning Xo’st viloyatida to’yxonada sodir etilgan qurolli hujumda 3 kishi halok bo’ldi.

Xo’st hokimligi vakili Tolib Mangal ma’lum qilishicha, qurollangan shaxs Xo’st viloyati Tanay tumanida bo’layotgan to’y marosimiga bostirib kirgan.

Uning ta’kidlashicha, qurolli hujumda 3 kishi halok bo’lgan, 10 kishi tan jarohati olgan.

Guvohlarning aytishicha, hujumni sodir etgan shaxs voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan.

Hujumni sodir etgan shaxsning kimligi ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Xo'st , #qurolli hujum

Aloqador xabarlar