Jurnalist Jamol Qoshiqchining oilasi adolat qaror topishiga ishonadi

“Qoshiqchining vorislari va oilasi sifatida shuni aytmoqchimizki, ushbu qotillikka qo’l urgan, bunga sherik bo’lgan va bu haqda oldindan ma’lumotga ega bo’lganlar qonun oldida kerakli jazosini tortadi degan umiddamiz”,-dedi Saloh Qoshiqchi.

1181124
Jurnalist Jamol Qoshiqchining oilasi adolat qaror topishiga ishonadi

 

Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida vahshiylarcha qatl etilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining oilasi ushbu jinoiy ish bo’yicha hech kim bilan kelishish uchun uchrashmaganligini ma’lum qildi.

Jamol Qoshiqchining o’g’li Saloh Qoshiqchi tvitterdagi sahifasida qotillik bo’yicha sud ishi davom etganligini yozdi.

“Sud jarayoni bo’yicha bundan avval ham hech kim bilan kelishishga urinmadik va hozirda ham buni hayolimizga ham keltirmaganligimizni aytmoqchiman”,-deb yozadi Saloh Qoshiqchi tvitterdagi sahifasida.

“Qoshiqchining vorislari va oilasi sifatida shuni aytmoqchimizki, ushbu qotillikka qo’l urgan, bunga sherik bo’lgan va bu haqda oldindan ma’lumotga ega bo’lganlar sudga topshiriladi va qonun oldida kerakli jazosini tortadi degan umiddamiz”,-dedi u.

Jinoyat bo’yicha biron dalil yoki ma’lumotga ega bo’lgan kishilar darhol sudga murojaat qilishini iltimos qilgan Saloh Qoshiqchi, adolatni qaror toptirish insonning muqaddas burchlaridan biri ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Eslatma: Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabr kuni hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kelgach, u yerda vahshiylarcha o’ldirilgan edi.

 



Aloqador xabarlar