Afg’oniston sharqida portlash sodir etildi

Nangarhar hokimligi kotibi Ataulloh Hogyani ma’lum qilishicha, portlashda 1 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 7 kishi yaralangan.

1178910
Afg’oniston sharqida portlash sodir etildi

 

Afg’oniston sharqida joylashgan Nangarhar viloyatiga qarashli Jalolobod shahrida portlash sodir etildi.

Portlashda 1 kishi halok bo’ldi.

Nangarhar hokimligi kotibi Ataulloh Hogyani ma’lum qilishicha, Jalolobodning 3-mahallasida yo’l chetiga joylashtirilgan bomba politsiya xizmat mashinasi o’tib ketayotgan paytda portlatilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, portlashda 1 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 7 kishi yaralangan.

Portlashning kimlar tomonidan sodir etilganligi ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #portlash

Aloqador xabarlar