Tramp ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsenning o’z vazifasidan iste'fo etishini ma’lum qildi

“Ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen o‘z lavozimini tark etadi, unga xizmati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”,- deb yozgan Tramp tvitterda.

1178738
Tramp ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsenning o’z vazifasidan iste'fo etishini ma’lum qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsenning o’z vazifasidan iste'fo etishini ma’lum qildi.

Tramp ushbu masala yuzasidan Oq uyda Kirsten Nilsen bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng Tramp tvitter orqali, “Ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen o‘z lavozimini tark etadi, unga xizmati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”,- deb yozgan.

“Bojxona-chegara xizmatining amaldagi rahbari Kevin Makalinan ichki xavfsizlik vaziri vazifasini bajarishini e'lon qilishdan xursandman. Ishonchim komilki, Kevin a'lo darajada ishlaydi”,-deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. 

AQSh mediasida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Tramp Kirsten Nilsenning o’rta amerikalik migrantlarga boshpana uchun murojaat qilishga ruxsat berganligidan bezovta edi. Shu bilan birga Nilsenning noqonuniy migratsiyaga qarshi sa'y-harakatlaridan ko‘ngli to‘lmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qolaversa, Kirsten Nilsen Oq uyga iste’fo etish uchun emas, balki migratsiya va bojxona xizmatiga tayinlanganlar va bu idorada amalga oshirilgan ba’zi o’zgarishlarni Tramp bilan maslahatlashish uchun borganligi ilgari surildi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #AQSh , #Kirsten Nilsen , #iste'fo

Aloqador xabarlar