Netanyaxu G‘arbiy qirg‘oqdagi Falastin hududlarini qo‘shib olishga va'da berdi

"Mustaqil Falastin davlati Isroil uchun tahdiddir. Men Quddusni bo‘lishmayman. Men bu maskanlar ustidan Isroil suverenitetini qabul qilmoqchiman",-dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

1178457
Netanyaxu G‘arbiy qirg‘oqdagi Falastin hududlarini qo‘shib olishga va'da berdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu saylovoldi intervyusida takror bosh vazirlik lavozimini egallagan taqdirda, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi bosib olingan Falastin hududlarida joylashgan yahudiy maskanlarini qo‘shib olishga va'da berdi.

Falastinliklar esa, Isroildan butun G‘arbiy qirg‘oqni Sharqiy Quddus bilan birgalikda qaytarishini talab qilishmoqda. Jahon hamjamiyati ularning bu talabini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Netanyaxu Isroil televideniyesining 12-kanalida efirga uzatilgan ko’rsatuvda mavzuga doir savollarga javob berdi.

Mamlakatda seshanba kuni bo’lib o’tadigan muddatdan avvalgi saylovlar oldidan turli va’dalar bergan Netanyaxu: "Mustaqil Falastin davlati Isroil uchun tahdiddir. Men Quddusni bo‘lishmayman, birorta ham maskanni buzdirmayman, Iordan daryosining g‘arbidagi yerlar ustidan nazoratni saqlab qolishimiz uchun harakat qilaman. Men bu maskanlar ustidan Isroil suverenitetini qabul qilmoqchiman", - dedi.

Isroil tomonidan 1967 yilda bosib olingan G‘arbiy qirg‘oqda yahudiylar noqonuniy ravishda joylashib olgan 250 dan ortiq hudud mavjud va u yerlarda 400 mingdan ortiq yahudiy istiqomat qiladi.

Xalqaro huquqqa ko’ra, ishg’ol ostidagi ushbu hududlarda barcha yahudiy joylashuv hududlari noqonuniy deb hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #ishg'ol , #Binyamin Netanyaxu

Aloqador xabarlar