Ukrainada saylov:Zelenskiy va Poroshenko ikkinchi turda bellashadi

Ukraina markaziy saylov komissiyasi o’tgan hafta mamlakatda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida berilgan ovozlarni hisoblab chiqdi.

1176947
Ukrainada saylov:Zelenskiy va Poroshenko ikkinchi turda bellashadi

Ukraina markaziy saylov komissiyasi o’tgan hafta mamlakatda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida berilgan ovozlarni hisoblab chiqdi.

Ma'lumotga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlardan biri komedyan Vladimir Zelenskiy saylovchilarning 30,24 foiz ovozini to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni esa, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko 15.95 foiz ovoz bilan egallab turibdi.

Shu bilan birga, nomzodlardan yana biri sobiq bosh Yuliya Timoshenko 13,40 foiz, Rossiya tarafdori Yuriy Boyko 11.67 foiz, sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Gritsenko esa, 6.91 foiz ovoz olgan.

Xabarlarga ko‘ra, Ukrainaning deyarli 11 million fuqarosi mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda ovoz berishda qatnashmagan. 

Saylovda xorijdagi saylovchilar bilan birga jami 63.53 foiz nisbatida saylovchi qatnashgan.

Ukraina prezidentligi saylovlarining birinchi turida Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ortiqroq ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Amaldagi prezident Petro Poroshenko 16 foiz atrofidagi ovoz bilan egalladi.

Ikki nomzod endi 21 aprel kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda o‘zaro kurash olib boradi. 

 

 



Aloqador xabarlar