Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika iste’foga chiqmoqchi...

“Prezident Abdulaziz Buteflika 28 apreldan oldin iste'foga chiqish to‘g‘risida e'lon qilishni mo‘ljallamoqda”,-deyiladi xabarda.

1175272
Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika iste’foga chiqmoqchi...

Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika xizmat muddati tugaydigan 28 apreldan oldin o’z vazifasidan iste’fo etishini ma’lum qildi.

Bu haqda Jazoyirdagi APS xabar agentligi xabar berdi.

“Prezident Abdulaziz Buteflika 28 apreldan oldin iste'foga chiqish to‘g‘risida e'lon qilishni mo‘ljallamoqda”,-deyiladi xabarda.

Iste’fo etishdan avval o’tish davrida davlat tashkilotlarini qaytatdan shakllantirish uchun muhim qarorlar olinishi bildirilgan edi.

Buteflika yakshanba kuni mamlakat ichki ishlar vaziri Nureddin Badaviy boshchiligidagi yangi vazirlar mahkamasini e’lon qilgandi.

Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika 11 mart kuni kutilmaganda qaror olgan holda, muddati kechiktirilgan navbatdagi prezidentlik saylovlarida beshinchi bor o‘z nomzodini qo‘ymasligini, 18 aprelda o’tkazilishi rejalangan prezidentlik saylovlarini ko’chirganligini va hukumatda keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirilishini e’lon qilgandi.

Buteflikaning bayonotidan so’ng, Ahmed Uyahyo hukumatining iste’fosini talab qilganligi va ichki ishlar vaziri Nureddin Badaviyning bosh vazir etib tayinlanganligi ma’lum qilingandi.

Eslatma: Jazoyirda 1999 yildan buyon davlatni boshqarib kelayotgan 82 yoshli Buteflikaning jiddiy salomatlik muammolari borligiga qaramay, takror prezidentlikka nomzodligini ko’rsatishi mamlakatda unga qarshi namoyishlarga sabab bo’lgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jazoyir , #Abdulaziz Buteflika , #iste'fo

Aloqador xabarlar