Afg’oniston shimolida "Tolibon" hujumi sodir etildi

Hujumda 5 nafar harbiy xizmatchi halok bo’lgan, 3 nafari tan jarohati olgan, 6 nafar harbiy xizmatchi “Tolibon” tomonidan asirga olingan.

1175001
Afg’oniston shimolida "Tolibon" hujumi sodir etildi

Afg’oniston shimolida joylashgan Sari-Pul viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari hujum sodir qildi.

Hujum oqibatida 5 nafar harbiy xizmatchi halok bo’ldi.

Sari-Pul hokimligi xodimi Zabihullox Amaniy ma’lum qilishicha, “Tolibon” harakati jangarilari Suzma qal’a tumaniga qarashli Palxon Tepa hududidagi harbiy nazorat markaziga hujum qilgan.

Hujumda 5 nafar harbiy xizmatchi halok bo’lgan, 3 nafari tan jarohati olgan. 6 nafar harbiy xizmatchi “Tolibon” tomonidan asirga olingan.

Otishmalarda 6 nafar “Tolibon” jangarisi o’ldirilgan.

“Tolibon” esa, hujumda 12 ta harbiy o’ldirilganligini iddao qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar