Trump, AQSh va Meksika o'rtasidagi chegarani bekitmoqchi ekanligini takrorladi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Meksikadan AQShga qarab yo’l olgan muhojirlar to’xtatilmagudek bo’lsa unda kelasi haftadan e’tiboran chegarani bekitmoqchi ekanligini qayd etdi.

1173662

Floridada jurnalistlarga intervyu bergan Trump, Meksikadan AQShga qarab yo’l olgan muhojirlar to’xtatilmagudek bo’lsa unda kelasi haftadan e’tiboran chegarani bekitmoqchi ekanligini qayd etdi. Trump bu borada, “Uzoq vaqtga bekitamiz. Hazillashayotganim yo’q” dedi.

Meksika Tashqi ishlar vaziri Marcelo Ebrard Trumpning bu so’zlari ortidan ijtimoiy tarmoq Twitter orqali qoldirgan postida, Meksikaning tahdidlarga qarab qadam tashlamasligini, yurtining AQShning eng yaxshi qo’shnisi ekanligini yetkazdi.

Trumpning so’zlaridan oldin Meksika Davlat rahbari Andres Manuel Lopez Obrador, Meksikaning muhojirlarni noqonuniy yo’llar orqali olib kirishlarga qarshi kurashda qo’lidan kelganicha kurashganini ifoda etgan holda, AQSh bilan yaxshi munosabatda bo’lishni xohlaganligini ma’lum qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Donald Trump , #Meksika , #AQSh , #chegara

Aloqador xabarlar