AQSh BMTXKda Go’lan tepaligi masalasida yolg’iz qoldi

BMTXK, AQSh Davlat rahbari Donald Trump tomonidan Go’lan tepaligi ustida Isroil mustaqilligining tan olinishi ortidan Suriyaning talabiga binoan yig’ilish o’tkazdi.

1172118
AQSh BMTXKda Go’lan tepaligi masalasida yolg’iz qoldi

Amerika Qo’shma Shtatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashida Go’lan tepaligi masalasida yolg’iz qolar ekan kengashning qolgan 14 a’zosi ishg’ol ostidagi tepalikning Isroilga oid emasligini qayd etdi.

BMTXK, AQSh Davlat rahbari Donald Trump tomonidan Go’lan tepaligi ustida Isroil mustaqilligining tan olinishi ortidan Suriyaning talabiga binoan yig’ilish o’tkazdi.

AQShning BMTning siyosiy masalalar bo’yicha doimiy vakili Rodney Hunter, mazkur yig’ilishda so’zlagan nutqida,

“Go’lan tepaligining Suriya rejimi va Eron tomonidan nazorat qilinishiga ruxsat berilishi rejim, Eron va Hizbullohning Isroilga qarshi uyushtirgan hujumlarini ko’rmaslikka olishlik deganidir” dedi.

Hunter, “Bu qaror Isroilning xavfsizligi jihatidan muhim strategik ahamiyat kasb etadi va AQShning hududning barqarorligiga ijobiy hissa qo’shishiga ishonchimiz komil” dedi.

Rodney Hunter shuningdek, AQShning Go’lan tepaligi haqidagi qarorning Suriya bilan Isroil o’rtasidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuv kuchlariga (UNDOF) salbiy ta’sir ko’rsatmasligini belgilab o’tgan holda, tinchlik kuchi missiyasining hududda qolishi kerakligini qayd etdi.

Lekin AQSh bir tomonlama qabul qilgan mazkur qarorni yoqlagan BMTXK yig’ilishida yolg’iz qoldi. Kengashning qolgan 14 a’zosi ishg’ol ostidagi tepalikning Isroilga oid emasligi borasida hamfikr ekanligini yetkazdi.

Rossiyaning BMT Doimiy vakili o’rinbosari Vladimir Safronkov o’zboshimchalik bilan qabul qilingan va dunyo tartibiga qarshi chiqqan bu qarorning muvaffaqiyatsizlikka mahkum ekanligini belgilab o’tgan holda,

“Nima uchun bo’lishidan qat’iy nazar AQSh tomonidan, bir tomonli olaroq qabul qilingan bu qaror, hech qaysi xalqaro huquq qarorini o’zgartira olmaydi” dedi.  

Yig’ilishdagi Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar ham, AQShning Go’lan tepaligi haqida qabul qilgan qarorini BMTXK qaroriga to’g’ri kelmasligini qayd etdi.

Doimiy a’zolardan Fransiya va Buyuk Britaniyadan tashqari vaqtinchalik a’zolardan Belgiya, Germaniya va Polsha BMTXKning 242, 338 va 497 sonli qaroriga e’tibor qaratgan holda, Go’lan tepaligining Isroilga oid emasligini ma’lum qildi.  

Suriya rejimining BMT doimiy vakili Bashar Jafariy esa AQSh bilan Isroilni keskin tanqid qildi.

Go’lan tepaligi 1981-yili Isroil tomonidan bosib olinganidan keyin BMTXK tomonidan olingan 497 sonli birinchi qarorda Isroilning ishg’oliga qarshi chiqilgan va unda, “Isroilning Go’lan tepaligi ustidan olgan hech qaysi qarorining kuchi yo’qdir va xalqaro huquq talablariga javob bermaydi” degan ifodalarga o’rin bergan.

Aytib o'tish joizki Suriya tuprog’iga oid bo’lgan Go’lan tepaligi 1967-yili Isroil tomonidan bosib olingandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Go'lan tepaligi , #AQSh , #BMTXK

Aloqador xabarlar