Afg’oniston poytaxti Kobulda Navro'z bayrami shodiyonalarida qon to'kildi

Afg’oniston poytaxti Kobulda Navro’z sayli o’tkazilayotgan Karte-i Sahi hududida 3 marta ketma-ket sodir etilgan hujumda 6 kishi halok bo’ldi.

1167853

Mamlakat ichki ishlar vazirligi xodimi Nasrat Rahimiy bu haqda matbuotga intervyu berdi.

Uning ta’kidlashicha, Karte-i Sahi hududida Navro’z bayrami o’tkazilayotgan maydon yaqiniga 3 ta bomba joylashtirib ketilgan. Bayram shodiyonalari paytida bombalar ketma-ket portlatilgan.

Portlashlarda 6 kishi halok bo’lgan, 23 kishi turli jarohatlar olgan.

Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, yaradorlardan ikki nafarining ahvoli og’ir.

Hujumning kimlar tomonidan sodir etilganligi ma’lum emas.

Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul , #Navro'z , #portlash

Aloqador xabarlar