Kashikchi jinoyati ustidan shubha qilingan 20 kishi xalqaro miqyosda qidirilmoqda

Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati ustidan shubha qilingan 20 kishi bo’yicha “qizil xabarnoma” tarqatildi.

1163843
Kashikchi jinoyati ustidan shubha qilingan 20 kishi xalqaro miqyosda qidirilmoqda

Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati ustidan shubha qilingan 20 kishi bo’yicha “qizil xabarnoma” tarqatildi.

Adliya vazirligi tomonidan ijtimoiy media Twitter orqali berilgan bayonotda Kashikchi jinoyati ustidan 2018-yilning 15-noyabri kuni 18 va 2018-yilning 21-dekabri kuni esa 2 nafar shubha qilingan kishi ustidan “qizil xabarnoma” tarqatilishining talab qilinganligi eslatildi.  

Bayonotda Interpol Bosh kotibi tomonidan murojaat qilinishi ortidan shubha qilingan jami 20 kishi ustidan “qizil xabarnoma” tarqatilganligi qayd etildi.

Bu asosda shubha qilingan mazkur 20 kishi dunyoning har nuqtasida qidiriladi.

Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi, rasmiy hujjat uchun 2018-yilning 2-oktabri kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida o’ldirilgan edi.



Aloqador xabarlar