Yangi Zelandiyada ikki masjidga hujum qilganlardan biri avstraliyalik Brenton Tarrant...

Tarrant “Al-Nur” masjidiga 5 ta qurol bilan sodir qilgan hujumni ijtimoiy tarmoqlarda jonli translatsiya qilgan.

1164295
Yangi Zelandiyada ikki masjidga hujum qilganlardan biri avstraliyalik Brenton Tarrant...

Yangi Zelandiyada ikki masjidga hujum qilganlardan biri Brenton Tarrantning avstraliyalik ekanligi ma’lum bo’ldi.

Tarrant “Al-Nur” masjidiga 5 ta qurol bilan sodir qilgan hujumni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn jonli translatsiya qilgan.

Tasvirlarda terroristning hujumni kompyuter o’yinlariga o’xshash shaklda sodir etganligi kuzatiladi.

U masjidga kirishi bilanoq atrofga o’q uza boshlagan va voqea joyida bir necha bor qurollarga o’q solganligi kuzatiladi.

Avtomatlarning ustiga bundan avval dunyoning turli davlatlarida musulmonlarga hujum qilganlarning ismlari yozilganligi aniqlangan.

Terrorist voqea joyidan qochayotganda Yangi Zelandiya politsiyasi tomonidan mashinasining ichida qo’lga tushirilgan. Ma’lumotga ko’ra, u hujumni 2 yil avval rejalashtirgan.

Hujum oldidan u tvitterdagi sahifasida o‘zining fikrlarini bayon etuvchi manifest yozganligi aniqlangan.

Terrorist Tarrant tvitterda 2011 yilda Norvegiyada 77 kishini o’ldirgan Anders Breyvikdan ilhom olganligini yozgan.

Twitter bu qatliomdan so’ng, hujumni sodir qilgan Brenton Tarrantning tvitter sahifasini blok qildi.

Facebook ham ushbu shaxsning facebook sahifasini bartaraf etdi.


Tanlangan kalimalar: #Yangi Zelandiya , #masjidga hujum

Aloqador xabarlar