Amerikalik diplomatlar Venesuelani tark etdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qilishicha, Venesueladagi amerikalik diplomatlarning barchasi mamlakat hududlarini tark etgan.

1164067
Amerikalik diplomatlar Venesuelani tark etdi

Venesuela hukumati tomonidan mamlakat hududlarini tark etishi uchun 72 soat muhlat berilgan amerikalik diplomatlar Venesueladan chiqib ketdi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qilishicha, Venesueladagi amerikalik diplomatlarning barchasi mamlakat hududlarini tark etgan.

“Bu ular uchun juda murakkab vaziyat ekanligini yaxshi bilaman, chunki ular o’zlarini Venesuela xalqining demokratiya va yana ham porloq kelajak sari intilishga bo’lgan ozrularini ro’yobga chiqarishga bag’ishlagan edilar”,-dedi Mayk Pompeo.

U qolaversa, AQSh hukumati o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan Xuan Guaydoni qonuniy lider deb tan olishini ma’lum qildi.

Eslatma:Venesuela tashqi ishlar vaziri Jorge Arreaza seshanba kuni amerikalik diplomatlardan 72 soat ichida mamlakat hududlarini tark etishini talab qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #amerikalik diplomatlar

Aloqador xabarlar