AQSh taqiqlangan raketalarni sivondan o'tkazmoqchi...

Xabarga ko’ra, agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, ushbu raketalar 18 oydan so‘ng AQSh qurolli kuchlari tomonidan qabul qilib olinishi mumkin.

1163306
AQSh taqiqlangan raketalarni sivondan o'tkazmoqchi...

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘rta masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim asosida taqiqlangan ikkita raketani shu yilning avgust oyida sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Associated Press xabar agentligi ma’lum qilishicha, raketalardan biri harakatlanish radiusi ming kilometr bo‘lgan, yer ustida joylashtiriluvchi qanotli raketa, ikkinchisi esa harakatlanish radiusi 3000-4000 orasida bo’lgan ballistik raketa bo’lib hisoblanadi.

Ikkala raketa ham shu yilning avgust oyida sinovdan o’tkaziladi va 18 oy ichida faollashtirilishi qayd etildi.

Xabarga ko’ra, agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, ushbu raketalar 18 oydan so‘ng AQSh qurolli kuchlari tomonidan qabul qilib olinishi mumkin.

Ballistik raketalar 5 yil ichida jangovar operatsiyaga shay vaziyatga keltiriladi.

AQSh sharqiy Osiyo va Yevropadagi ittifoqdoshlari bilan ushbu masala bo’yicha maslahatlashmadi. Ma’lumotga ko’ra, AQSh qurolli kuchlari ballistik raketani Tinch okeanidan Guam oroliga joylashtirishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp avgust oyida Sovet Ittifoqi bilan 1987 yilda imzolangan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqib ketishini ma’lum qilgan edi.

AQSh hukumati Moskvaning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimni oyoq osti qilganligi sababli bekor qilishini ma’lum qilar ekan, ayni paytda Rossiya ham AQShni ushbu bitimga amal qilmaganlikda ayblamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #O‘rta masofadagi raketa , #Rossiya

Aloqador xabarlar